Namozni tugatgach nima o'qiladi
((أَسْتَغْفِرُ اللَّهَ (ثَلاَثَاً) اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلاَمُ، وَمِنْكَ السَّلاَمُ، تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلاَلِ وَالْإِكْرَامِ)).
(Allohdan mag'firat so'rayman.(uch marta) (Allohim, Sen as-Salomsan, tinchlik Sendandir, ey ulug'lik va ikrom Egasi, Sen barakotlisan.) (As-Salom: har qanday nuqson va kamchilikdan pok Zot.))
((لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ [ثلاثاً]، اللَّهُمَّ لاَ مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلاَ مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلاَ يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الجَدُّ)).
(Alloh yagona, sherigi yo'q Zotdan o'zga iloh yo'q, mulk Unikidir, hamd Unga xosdir va U hamma narsaga qodirdir. Allohim, Sen bergan narsani hech kim to'sa olmaydi, Sen to'sgan narsani hech kim bera olmaydi va hech bir boylik va shon-shuhrat egasiga Sening huzuringda foyda bermaydi, chunki barcha boylik va shon-shuhrat Sendandir.)
((لَا إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ. لاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّهِ، لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَلاَ نَعْبُدُ إِلاَّ إِيَّاهُ, لَهُ النِّعْمَةُ وَلَهُ الْفَضْلُ وَلَهُ الثَّنَاءُ الْحَسَنُ، لَا إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الكَافِرُونَ)).
(Alloh yagona, sherigi yo'q Zotdan o'zga iloh yo'q, mulk Unikidir, hamd Unga xosdir va U hamma narsaga qodirdir. Alloh bilan bo'lmasa, na kuch va na quvvat yo'q, Allohdan o'zga iloh yo'q va biz Undan boshqaga ibodat qilmaymiz. Ne'mat ham, fazl ham va go'zal sano ham Unikidir. Allohdan o'zga iloh yo'q, kofirlar yoqtirmasa ham, biz dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilamiz.)
((سُبْحَانَ اللَّهِ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ، وَاللَّهُ أَكْبَرُ (ثلاثاً وثلاثين) لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ)).
(Alloh naqadar pokdir, hamd Allohga xosdir va Alloh eng buyukdir.(o'ttiz uch marta) (Alloh yagona, sherigi yo'q Zotdan o'zga iloh yo'q, mulk Unikidir, hamd Unga xosdir va U hamma narsaga qodirdir.))
بسم الله الرحمن الرحيم ﴿قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ اللَّهُ الصَّمَدُ لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ وَلَمْ يَكُن لَّهُ كُفُواً أَحَدٌ﴾، بسم الله الرحمن الرحيم ﴿قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ مِن شَرِّ مَا خَلَقَ وَمِن شَرِّ غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ وَمِن شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِي الْعُقَدِ وَمِن شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ﴾،بسم الله الرحمن الرحيم ﴿قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ مَلِكِ النَّاسِ إِلَهِ النَّاسِ مِن شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ الَّذِي يُوَسْوِسُ فِي صُدُورِ النَّاسِ مِنَ الْجِنَّةِ وَ النَّاسِ﴾ بَعْدَ كُلِّ صَلاَةٍ.
Quyidagi uch surani peshin, asr va xufton namozlaridan keyin bir martadan, bomdod va shom namozlaridan keyin uch martadan o'qish kerak.[Ixlos surasi (112)] [Falaq surasi (113)] [Nos surasi (114)]
﴿اللَّهُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ لاَ تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلاَ نَوْمٌ لَّهُ مَا فِي السَّمَوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ مَن ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلاَّ بِإِذْنِهِ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلاَ يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِّنْ عِلْمِهِ إِلاَّ بِمَا شَاءَ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَوَاتِ وَالأَرْضَ وَلاَ يَؤُودُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ﴾ عَقِبَ كلِّ صَلاَةٍ.
Har namozdan keyin Oyatal-Kursiyni o'qish ham sunnatdandir.[Baqara surasi, 255-oyat]
((لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ)) عَشْرَ مَرّاتٍ بَعْدَ صَلاةِ الْمَغْرِبِ وَالصُّبْحِ.
(Alloh yagona, sherigi yo'q Zotdan o'zga iloh yo'q, mulk Unikidir, hamd Unga xosdir, U tiriltiradi va o'ldiradi va U hamma narsaga qodirdir.(shom va bomdod namozlaridan keyin o'n marta))
((اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْماً نافِعاً، وَرِزْقاً طَيِّباً، وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً)) بَعْدَ السّلامِ مِنْ صَلاَةِ الفَجْرِ.
(Allohim, Sendan foydali ilm, pok rizq va qabul bo'ladigan amallarni so'rayman.)(Bomdod namozida salom berilgandan keyin aytiladi)