فضیلت یاد خدا
قَالَ صلى الله عليه وسلم مَنْ قَالَ: سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ حُطَّتْ خَطَايَاهُ وَلَوْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْر)).
(Kim kun davomida yuz marta:(Alloh naqadar pokdir va Unga hamd aytaman.) desa, gunohlari dengiz ko'pigicha bo'lsa ham o'chiriladi.)
وَقَالَ صلى الله عليه وسلم: ((مَنْ قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ عَشْرَ مِرَارٍ، كَانَ كَمَنْ أَعْتَقَ أَرْبَعَةَ أَنْفُسٍ مِنْ وَلَدِ إِسْمَاعِيلَ)).
(Abu Hurayra rivoyat qiladi: Allohning Rasuli aytdilar: «Kim kun davomida yuz marta: (Alloh yagona, sherigi yo'q Zotdan o'zga iloh yo'q, mulk Unikidir, hamd Unga xosdir va U hamma narsaga qodirdir.) desa, o'nta qul ozod qilgan savobni oladi, unga yuzta yaxshilik yoziladi, yuzta yomonlik o'chiriladi va u o'sha kuni kechgacha shaytondan himoyada bo'ladi va undan ko'proq amal qilgan kishidan boshqa hech kim undan yaxshiroq narsa keltira olmaydi.)
وَقَالَ صلى الله عليه وسلم: ((كَلِمَتَانِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ، ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ، حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ: سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ، سُبْحانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ)).
(Abu Hurayra rivoyat qiladi: Allohning Rasuli aytdilar:«(Ikki so'z bor,) tilga yengil, Mezonda og'ir va Rahmonga suyukli: (Alloh naqadar pokdir va Unga hamd aytaman. Buyuk Alloh naqadar pokdir.))
وَقَالَ صلى الله عليه وسلم: ((لَأَنْ أَقُولَ سُبْحَانَ اللَّهِ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ، وَلاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَاللَّهُ أَكْبَرُ، أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا طَلَعَتْ عَلَيْهِ الشَّمسُ)).
(Abu Hurayra rivoyat qiladi: Allohning Rasuli aytdilar: «(Subhanallohi val-hamdulillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar) deyish menga quyosh chiqqan hamma narsadan ko'ra suyukliroqdir.) [Alloh naqadar pokdir va hamd Allohga xosdir. Allohdan o'zga iloh yo'q va Alloh eng buyukdir.]
وَقَالَ صلى الله عليه وسلم: ((أَيَعْجِزُ أَحَدُكُم أَنْ يَكْسِبَ كُلَّ يَوْمٍ أَلْفَ حَسَنَةٍ)) فَسَأَلَهُ سَائِلٌ مِنْ جُلَسَائِهِ كَيْفَ يَكْسِبُ أَحَدُنَا أَلْفَ حَسَنَةٍ؟ قَالَ: ((يُسَبِّحُ مِائَةَ تَسْبِيحَةٍ، فَيُكتَبُ لَهُ أَلْفُ حَسَنَةٍ أَوْ يُحَطُّ عَنْهُ أَلْفُ خَطِيئَةٍ)).
(Sa'd aytdi: «Biz Allohning Rasuli bilan o'tirgan edik, ul zot aytdilar: «Sizlardan biringiz har kuni mingta yaxshilik qilishga ojizmi?» Birov so'radi: «Qanday qilib mingta yaxshilikka erishiladi?» Ul zot javob berdilar: «Yuz marta: (Alloh naqadar pokdir.) desin, unga mingta yaxshilik yoziladi yoki mingta yomonlik o'chiriladi.)
((مَنْ قَالَ: سُبْحَانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ وَبِحَمْدِهِ غُرِسَتْ لَهُ نَخْلَةٌ فِي الْجَنَّةِ)).
(Jobir rivoyat qiladi: Payg'ambar aytdilar: «Kim: (Buyuk Alloh naqadar pokdir va Unga hamd aytaman.) desa, unga jannatda bir xurmo daraxti ekiladi.)
وَقَالَ صلى الله عليه وسلم: ((يَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ قَيْسٍ أَلاَ أَدُلُّكَ عَلَى كَنْزٍ مِنْ كُنُوزِ الْجَنَّةِ))؟ فَقُلْتُ: بَلَى يَا رَسُولَ اللَّهِ، قَالَ: ((قُلْ لاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّهِ)).
(Abdulloh ibn Qays rivoyat qiladi: Payg'ambar unga aytdilar: «Ey Abdulloh ibn Qays, senga jannat xazinalaridan bir xazinani bildirmaymanmi?» So'ng dedilar: «Ayt: (Alloh bilan bo'lmasa, na kuch va na quvvat yo'q.))
وَقَالَ صلى الله عليه وسلم: ((أَحَبُّ الْكَلاَمِ إِلَى اللَّهِ أَرْبَعٌ: سُبْحَانَ اللَّهِ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ، وَلاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَاللَّهُ أَكْبَرُ، لاَ يَضُرُّكَ بِأَيِّهِنَّ بَدَأتَ)).
(Allohga eng suyukli so'zlar to'rtta: (Alloh naqadar pokdir, hamd Allohga xosdir. Allohdan o'zga iloh yo'q va Alloh eng buyukdir.))(qaysi biridan boshlasang ham farqi yo'q.)
جَاءَ أَعْرَابِيٌّ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: عَلِّمْنِي كَلاماً أَقُولُهُ: قَالَ: ((قُلْ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، اللَّهُ أَكْبَرُ كَبِيراً، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ كَثِيراً، سُبْحَانَ اللَّهِ رَبِّ العَالَمِينَ، لاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ)) قَالَ: فَهَؤُلاَءِ لِرَبِّي، فَمَا لِي؟ قَالَ: ((قُلْ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي، وَارْحَمْنِي، وَاهْدِنِي، وَارْزُقْنِي)).
(Sa'd ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladi: Bir kishi Allohning Rasuli huzuriga kelib dedi: «Menga aytadigan biror narsani o'rgating?» Ul zot dedilar: «Ayt: (Allohdan o'zga iloh yo'q, U yagona, sherigi yo'q. Alloh eng buyukdir va Allohga ko'p hamd bo'lsin. Olamlar Robbi Alloh naqadar pokdir. Qudrati ustun, hikmatli Alloh bilan bo'lmasa, na kuch va na quvvat yo'q.) Kishi dedi: «Bular mening Robbim uchun, men uchun nima?» Ul zot dedilar: «Ayt: (Allohim, meni kechir, menga rahm qil, meni hidoyat qil va menga rizq ber.))
كَانَ الرَّجُلُ إِذَا أَسْلَمَ عَلَّمَهُ النَّبيُّ صلى الله عليه وسلم الصَّلاَةَ ثُمَّ أَمَرَهُ أَنْ يَدْعُوَ بِهَؤُلاَءِ الْكَلِمَاتِ: ((اللَّهُمَّ اغْفِرِ لِي، وَارْحَمْنِي، وَاهْدِنِي، وَعَافِنِي وَارْزُقْنِي)).
(Toriq al-Ashjaiy aytdi: «Kimdir Islomni qabul qilsa, Payg'ambar unga namoz o'qishni o'rgatar, so'ng quyidagi so'zlar bilan duo qilishni buyurardi: (Allohim, meni kechir, menga rahm qil, meni hidoyat qil, menga salomatlik ber va menga rizq ber.))
((إِنَّ أَفْضَلَ الدُّعَاءِ الْحَمْدُ لِلَّهِ، وَأَفْضَلَ الذِّكْرِ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ)).
(Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladi: Allohning Rasuli aytdilar: «Albatta, eng yaxshi duo: (Hamd Allohga xosdir.) va albatta, eng yaxshi zikr: (Allohdan o'zga iloh yo'q.))
الباقيات الصالحات : سبحان الله والحمد لله ، ولا إله إلا الله ،والله أكبر ،و لا حول ولا قوة إلا بالله
Boqiy qoladigan yaxshi amallar: «Subhanalloh» (Alloh pokdir), «Alhamdulillah» (hamd Allohga xosdir), «La ilaha illalloh» (Allohdan o'zga iloh yo'q), «Allohu akbar» (Alloh eng buyukdir) va «La havla va la quvvata illa billah» (Alloh bilan bo'lmasa, na kuch va na quvvat yo'q).