يَقُولُ مِثْلَ مَا يَقُولُ المُؤَذِّنُ إِلاَّ فِي ((حَيَّ عَلَى الصَّلَاةِ وَحَيَّ عَلَى الْفَلَاحِ)) فَيقُولُ: ((لاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّهِ)).
Muazzin aytganini takrorlanadi, faqat u «Hayya alas-solah» (namozga keling) yoki «Hayya alal-falah» (najotga keling) degan paytda «La havla va la quvvata illa billah» (Alloh bilan bo'lmasa, na kuch va na quvvat yo'q) deyiladi.
يَقُولُ: ((وَأَنَا أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ وَأَنَّ مُحَمَّداً عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ، رَضِيتُ بِاللَّهِ رَبَّاً، وَبِمُحَمَّدٍ رَسُولاً، وَبِالْإِسْلاَمِ دِينَاً)) ((يَقُولُ ذَلِكَ عَقِبَ تَشَهُّدِ الْمُؤَذِّنِ)).
Muazzin shahodat kalimasini aytgandan so'ng darhol shunday deyiladi: «Men ham Alloh yagona, sherigi yo'q Zotdan o'zga iloh yo'qligiga va Muhammad Uning qulu elchisi ekaniga guvohlik beraman. Alloh Rabb sifatida, Muhammad Payg'ambar sifatida va Islom din sifatida rozi bo'ldim.»
((يُصَلِّي عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بَعْدَ فَرَاغِهِ مِنْ إِجَابَةِ الْمُؤَذِّنِ)).
Muazzinning chaqirig'iga javob berib bo'lgach, Payg'ambarga (sallallohu alayhi va sallam) salavot aytish kerak.
يَقُولُ: ((اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلاَةِ الْقَائِمَةِ، آتِ مُحَمَّداً الْوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ، وَابْعَثْهُ مَقَامَاً مَحمُوداً الَّذِي وَعَدْتَهُ، [إِنَّكَ لَا تُخْلِفُ الْمِيعَادَ])).
Allohim, bu mukammal da'vatning va tez orada ado etiladigan bu namozning Egasi! Muhammadga vasila va fazilat ato et va Uni O'zing va'da qilgan maqtovli maqomga erishtir. Albatta, Sen va'dangga xilof qilmaysan. Vasila: jannatdagi bir maqom. Fazilat: butun maxluqotdan yuqori bir martaba. Maqtovli maqom: butun maxluqot Uni ulug'laydigan, hisob-kitobning tezroq bo'lishi va uzoq turishdan qutulish uchun shafoat qilinadigan maqom.
((يَدْعُو لِنَفسِهِ بَيْنَ الْأَذَانِ وَالْإِقَامَةِ فَإِنَّ الدُّعَاءَ حِينَئِذٍ لاَ يُرَدُّ)).
Shuningdek, azon bilan iqomat oralig'ida o'zi uchun ham duo qilish kerak, chunki bu vaqtdagi duo rad etilmaydi.